
Rossiya O‘zbekistonning savdo hamkorlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egallashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo anjumani doirasida aytib o‘tdi.
Rossiya elchisining ta’kidlashicha, ayni vaqtda O‘zbekistonning bosh savdo hamkori Xitoy hisoblanadi, Rossiya esa 2-o‘rinni egallaydi. “Biz 1-o‘rinni qaytarishimizga umid qilamiz”, deb aytgan Tyurdenev.
Uning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik ittifoqchilik va hamkorlik munosabatlari sifatan yangi ko‘rinish olgan. “Ob’ektiv omillar bor, birinchi navbatda iqtisodiy. Hozir juda muhim loyiha – Rossiya dizayni bo‘yicha atom elektr stansiyasi qurilishi amalga oshirilmoqda. Bunday AES yaratilishi iqtisodiy zaruratdir. Loyiha O‘zbekiston uchun juda istiqbolli va muhimdir”, deb ta’kidlab o‘tgan elchi.
Elchi, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya neft-gaz kompaniyalari faol ishlayotganiga e’tibor qaratgan. “O‘zbekistonda Rossiyaning 9 mlrd dollarlik sarmoyasidan 8 mlrdi “Lukoyl” hissasiga to‘g‘ri keladi, biroq boshqa kompaniyalar ham olg‘a bormoqda. Biz bu yerda jiddiy maqsadlarni ko‘zlayotgan, jumladan geologik qidirish ishlarini olib borayotgan “Gazprom”ni ham hisobdan chiqarmasligimiz kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya elchisi.
Rossiya O‘zbekistonSavdo HamkorlariIqtisodiy MunosabatlarStrategik IttifoqchilikAtom Elektr StansiyasiGeologik Qidirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar