date
views 4 043

MIB gazning “mohir” o‘g‘rilarini fosh qildi

MIB gazning “mohir” o‘g‘rilarini fosh qildi
Majburiy ijro byurosi Furqat tumani bo‘limi xodimlari tomonidan 2019 yil 28 avgust kuni Furqat tumani “Ingichka” MFY, Obodon qishlog‘ida joylashgan ohak sexida o‘tkazilgan tekshirishda, korxona rahbari K.Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarorning 2-ilovasi «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari»ning 125-bandi talablariga zid ravishda mavjud STG-80-250-rusumli, zavod raqami №04582/02487 bo‘lgan gaz hisoblagichga “shprits ignasi” orqali tashqi ta’sir ko‘rsatib, hisoblagich ko‘rsatgichlarini to‘xtatib qo‘yish yo‘lini topganligini fosh qilishdi. Qonunbuzar Fayziyev xalqimizning izlagan imkon topar naqlini qing‘ir yo‘llarda ham ishlatib ko‘rgan shekilli.

Biroq, Fayziyevning mohirona harakatlari o‘zi uchun qimmatga tushdi, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotganligi oqibatida davlat manfaatlariga jami 23 mln. 193 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Surishtiruv davomida fuqaro K.Fayziyev tomonidan belgilangan o‘ttiz kunlik muddatda tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan jami 23 mln. 193,0 ming so‘m miqdordagi moddiy zararni to‘lashdan bo‘yin tovladi.

Shunga ko‘ra, Byuroning Furqat tumani bo‘limi tomonidan 23.10.2019 yilda qonunbuzar K.Fayziyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 2-qismi bilan 302386|2019-04-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Furqat tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB gazning “mohir” o‘g‘rilarini fosh qildi