
Kadr: Telegram
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hokimligi 19-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga munosabat bildirdi.
Videoda YPX xodimlari xizmat mashinalari bilan yoʻlni toʻsib, yuk mashinasini toʻxtatishga urinayotgani, yuk mashinasi esa YPX avtomobillarini urib-sochib tashlab, oʻz yoʻlida davom etayotgani tasvirlangan edi.
“Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5781-son farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatga jalb qilish va kinoturizmni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish belgilab berilgan.

Jumladan, Hindistonning Panorama Studios pvt. LTD kinokompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan Khuda Haafiz nomli filmni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hududida suratga olish ishlari rejalashtirilgan.
Shunga asosan, 19-noyabr kuni film ijodkorlari tomonidan Beruniy tumani bilan chegaradosh hududda kino suratga olish uchun moslashtirilgan maxsus avtomobillarda tasvirga olish jarayonlari boʻlib oʻtgan», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar