Foto: “Biz.liga.net”
Oddiy osh tuzi bemalol antibiotik oʻrnini bosishi mumkin, degan xulosaga keldi Garvard universiteti (AQSH) olimlari. Bu haqda “Rambler”ga asoslanib “Xabar” nashri maʼlum qiladi.
Buning uchun mutaxassislar sichqonlar ustida tajriba oʻtkazishdi. Ular kemiruvchilarni ikki guruhga ajratishdi: biriga tuzsiz, ikkinchisiga tuzli ozuqa berishdi. Buni qarangki, ikkinchi guruhdagilar kasalliklarga qarshi yaxshiroq kurashgan.
Olimlarning fikricha, organizm himoya kuchlari qadimdan tuz yordamida shakllanib kelgan. Oʻtmishda odamlar tibbiy preparatlardan foydalanishmagan. Immuniteti esa yalligʻlanuvchi jarayonlarga qarshi mustaqil kurashib kelgan. Odam organizmi tuz tufayli viruslarga qarshi kurashishni oʻrganib olgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas.
Gap shundaki, nordon muhit zararli mikroblar uchun noqulay sanaladi. Tuz tarkibidagi natriy xlorid ham ularga xuddi shunday taʼsir oʻtkazadi.
Shunga qaramay, olimlar tuzni meʼyorda isteʼmol qilishni tavsiya etishadi. Chunki tuzni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish qon tomirlarga zarar yetkazib, yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi