O‘zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorida birinchi bo‘lib, “Agrobank” ATB tomonidan “Onlayn kredit” xizmat turi taqdim etildi. Endilikda yuridik shaxslar bankka kelmasdan, qo‘lidagi gadjet orqali kredit olish imkoniyati ega bo‘lishdi.
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan mazkur yangi bank xizmatining taqdimotida aytilishicha, “Onlayn kredit”dan “Agrobank mobile” mobil ilovasi hamda “Internet banking” tizimi orqali foydalanish mumkin.
— Onlayn kreditlar 24/7 rejimida taqdim etiladi, — deydi bank boshqaruvi raisi maslahatchisi Abdurahmon Sherov. — Uning yana bir qulayligi 50 million so‘mgacha bo‘lgan kredit ta’minotsiz berilishidir. Undan ko‘p mablag‘ uchun esa sug‘urta polisi talab etiladi. Buning uchun mijoz bank ofisiga kelishi shart emas.
Chindan ham, yangi xizmat turida hamma funksiyalar masofadan bajariladi. Mijoz shartnoma bilan elektron tanishib, uni tasdiqlasa bo‘ldi. Pul o‘sha zahoti uning hisobraqamiga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?