Jizzax viloyatida mudhish yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, Epica avtomashinasi “Kamaz” yuk mashinasi orqasiga kelib urilgan.
2019-yil 23-noyabr kuni taxminan soat 03:00larda 22 yoshli R.N. 4 nafar yoʻlovchisi boʻlgan Epica rusumli transport vositasini Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Nurafshon MFY hududidan oʻtgan “Toshkent-Termiz M-39 yoʻli”ning 977-km.da Termiz yoʻnalishi boʻyicha boshqarib ketayotib, shu yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 43 yoshli Y.P. boshqaruvida boʻlgan “Kamaz-53212” rusumli yuk mashinasining orqa qismiga urilib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda Epica haydovchisi R.N., yoʻlovchilar 58 yoshli R.D. va 26 yoshli G.A.lar hamda 1 nafar erkak jinsli 25-30 yoshdagi fuqaro (shaxsi aniqlanmoqda) hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yoʻlovchi 26 yoshli M.M. esa turli tan jarohatlari bilan RSHTIYOM Jizzax filiali travmatologiya boʻlimiga yotqizilgan. “Kamaz” haydovchisi jarohat olmagan.
Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 23-noyabr kuni Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (odamlar oʻlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi