14:13 / 23.11.2019
4 317

Jizzaxda mudhish YTH: 4 kishi voqea joyida hayotdan koʻz yumdi


Jizzax viloyatida mudhish yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, Epica avtomashinasi “Kamaz” yuk mashinasi orqasiga kelib urilgan.

2019-yil 23-noyabr kuni taxminan soat 03:00larda 22 yoshli R.N. 4 nafar yoʻlovchisi boʻlgan Epica rusumli transport vositasini Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Nurafshon MFY hududidan oʻtgan “Toshkent-Termiz M-39 yoʻli”ning 977-km.da Termiz yoʻnalishi boʻyicha boshqarib ketayotib, shu yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 43 yoshli Y.P. boshqaruvida boʻlgan “Kamaz-53212” rusumli yuk mashinasining orqa qismiga urilib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda Epica haydovchisi R.N., yoʻlovchilar 58 yoshli R.D. va 26 yoshli G.A.lar hamda 1 nafar erkak jinsli 25-30 yoshdagi fuqaro (shaxsi aniqlanmoqda) hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yoʻlovchi 26 yoshli M.M. esa turli tan jarohatlari bilan RSHTIYOM Jizzax filiali travmatologiya boʻlimiga yotqizilgan. “Kamaz” haydovchisi jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 23-noyabr kuni Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (odamlar oʻlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda mudhish YTH: 4 kishi voqea joyida hayotdan koʻz yumdi