Foto: BBC
O‘zbekistonda BBC Two telekanali orqali namoyish etilgan Race Across the World («Dunyo bo‘ylab poyga») realiti-shousining epizodlarini tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabar berdi.
Bu safar Daniyaning TV2 kanali shou uchun huquqni qo‘lga kiritib, o‘z telemahsulotini yaratmoqda. O‘zbekistonda tasvirga olish ishlarini tashkillashtirish bilan taniqli bloger va jurnalist Nikita Makarenko shug‘ullanmoqda.
Race Across the World yangi sarguzasht formatidagi shou bo‘lib, u nafaqat sayohatlarga, balki turli mamlakatlar madaniyatiga ham bag‘ishlanadi. Loyiha 8 qismdan iborat bo‘lib, ularning har biri 40 daqiqadan iborat. Bir necha jamoa samolyotdan foydalanmagan holda Daniyadan Singapurga uyushtirilgan poygada mukofot uchun kurash olib boradi.
Belgilangan marraga birinchi bo‘lib yetib borgan jamoa g‘olib hisoblanadi. Shou ishtirokchilari Kopengagen—Singapur reysi aviachiptasi narxiga teng miqdordagi pulga ega bo‘ladi.
O‘zbekistondagi epizod syomkalari bir hafta davom etadi. Jamoalar o‘z sayohatlarini Kopengagendan boshlagani bois har birining O‘zbekistonga yetib kelish vaqti turlicha bo‘ladi.
Mazkur shou syomkalari mamlakat byudjetidan hech qanday mablag‘ talab qilmaydi, aksincha uning namoyishi natijasida O‘zbekiston bepul kuchli reklamaga ega bo‘ladi.
Loyihada 60 nafarga yaqin kishi band. Tasvirga olish guruhini Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Shouning ekranlarga chiqishi 2020 yilning boshiga mo‘ljallangan bo‘lib, Daniyaning TV2 telekanalida namoyish qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi