
Adolat SDP markaziy kengashi Toshkent shahar Yunusobod tumani Minor 50-okrugdan Deputatligiga nomzod Rustam Umarov Sergeli tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qildi, deya xabar beradi Partiya matbuot xizmati.
U tumanga “Istiqbol” tumani deb nom berishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.
Nomzodning fikricha bunga asos tumanning nomi asl nomidan o‘zgarib ketganligi yuritilishida Sirg‘ali emas, balki Sergeli deb yuritilishi, Omaviy axborot vositalari tuman nomini ko‘p marotaba Sergeli deb yuritishi, avtobuslarda, plakatlarda tuman nomi Sergeli deb yozilishi xato ekanligi bunga asos sanaladi.
U mana shu kamchiliklarni inobatga olib tuman nomini yangicha dunyoqarash va o‘zgarishlarning negizi bo‘lishi kerak degan fikrni ilgari surgan.
“Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatlarda aholimizga arzon “Uy-joylar” bilan ta’minlash yuzasidan 5 yil davomida 7 va 9 qavatli uy-joylar qurish to‘g‘risidagi 2016 yil 22 noyabrdagi qaroriga muofiq «2017-2020» yillarda ko‘p qavatli kvartiralar qurishni davom ettirish va bitkazish, shu jumladan Toshkent shahrida Sergeli tumanida uy-joylarga ehtiyojmand oilalar, kam ta’minlanganlar, ko‘p farzandli oilalarga uy-joylar muammosini hal etish muammolari o‘rganilib prezident qaroriga muvofiq Toshkent shahrida yangi mavze qad ko‘tardi.
Ushbu Sergeli asli nomi bilan Sirg‘ali ota tumani nomi ruslashib ketgan tuman nomini o‘zgartirish masalasini va hozirgi zamonaviy davrga munosib nom berishni taklif beraman. Prezidentimiz tashabbuslariga shijoatlarini inobatga olib ularga yelkadosh bo‘lish har birimizning vatan ravnaqi yo‘lidagi majburiyatimiz va hozirgi zamonaviy yoshlarimizning kelajagi va ona tilimizni sof holatda saqlash mazmunida ushbu tumanga “Istiqbol” tumani deb nom berishni maqsadga muvofiq deb bilaman”, — deydi nomzod o‘z taklifida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar