3 901
Haydovchiga aybini topmaguncha qo‘yib yubormasligini aytib, qo‘pol muomala qilgan YPX inspektoriga chora ko‘riladi
Shu yilning 26 noyabr kuni «Aybingni topmaguncha qo‘yib yubormayman yoxud zamondan ortda qolgan YPX xodimi» sarlavhasi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori va haydovchi o‘rtasidagi muloqot jarayoni tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilib chiqilgan.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan holatda Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori serjant J.Abdurahmonov tomonidan bir qator qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi qarori talablarini buzilgan.
«Hozirda unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Yakuniy xulosaga ko‘ra serjant qonun doirasida tegishli choralar ko‘riladi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi