3 273
Maxsus signallarni yoqqan holda qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlangan tonirovkali «Lacetti-2» egasi ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda qora rangli «Lacetti-2» rusumli avtomobil qarama qarshi yo‘nalishdan harakatlanganligi aks etgan ikkita video tarqaldi.
O‘tkazib yuborishdan bosh tortgan haydovchilarga javoban, «Lacetti-2» haydovchisi maxsus yorituvchi va tovush signallarini yoqqan, deya yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Mazkur avtomobil Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan topilgan. Uni 21 yoshli Muhiddinjon S. boshqargan. Haydovchida avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat bo‘lgan, ammo maxsus yorituvchi va tovush chiqaruvchi qurilmalarni o‘rnatishga esa ruxsati bo‘lmagan.
«Eslatib o‘tamiz, tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish – ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi» deyiladi xabarda.
Muhiddinjon S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq («Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish»), shuningdek 128-5-moddasiga («Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi») bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, qoidabuzarning transport vositasi jarima maydonchasiga joylandi. Haydovchiga nisbatan chora bo‘yicha qaror sud tomonidan qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi