
Pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.P.ning qo‘lidagi selofan paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, ushbu shaxsning yonida 3000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar