date
views 3 416

Ishoning, chivinlar – birinchi raqamli qotil

Ishoning, chivinlar – birinchi raqamli qotil
Afrikada malyariya, Amerikada zika, Shimoliy-sharqiy Osiyoda dengi virusini tashuvchi bu hasharotlar yiliga yuz minglab oʻlimlarga sabab boʻladi.

Malayziyaga yangi kelgan vaqtim chivin chaqib dengi isitmasiga chalindim. Bir hafta boshimni koʻtarolmay yotdim. Ovqat yeyolmaysiz, tinkangiz qurib, holsizlanib yotaverasiz. Isitma 38-39 darajada.

Tuzalgandan keyin ham biror hafta oyoqda quvvatni sezmaysiz. Zinalardan chiqib-tushishda tizzalar pand berib qoladi.
Eng yomoni, kasalga hanuzgacha davo topilmagan. Yaʼni faqat yotib oʻtkazasiz. Baʼzi holatlarda oʻlim bilan tugaydi.

Qizimning sinfdoshi dengi boʻlib bir haftaga ham bormasdan jon berdi. Birgina Malayziyada yiliga 100 dan ortiq kishi dengi qurboni boʻladi. Dunyo boʻylab esa minglab odam dengi sabab jon beradi.

“Albatta, Alloh chivin va undan ustunroq narsalarni misol qilib keltirishdan uyalmas. Bas, iymon keltirganlar, albatta, u Robblaridan kelgan haqligini bilurlar. Ammo kufr keltirganlar: “Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?” – derlar. U Zot oʻsha bilan koʻpchilikni zalolatga ketkazar va koʻpchilikni hidoyatga solar va u bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkazar” (Baqara surasi, 26-oyat).

Anvar Narzullayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishoning, chivinlar – birinchi raqamli qotil