
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimining toʻxtash haqidagi ishorasiga boʻysunmay, xodimni kapot ustida yarim kilometrcha masofaga sudrab ketgan Spark videosi tarqaldi. Mazkur voqea Nukusda yuz bergan.
Hodisa jabrlanuvchi YPX xodimi tomonidan toʻxtatilgan boshqa haydovchi tomonidan olingan. “Meni toʻxtatgan GAI boshqa mashinani istab, qochib ketdi”, — deydi videoga olgan haydovchi.
Voqea qanday yakunlangani nomaʼlum. Ushbu holat yuzasidan vakolatli organlar hozircha rasmiy axborot bergani yoʻq.
Ushbu roʻy bergan voqeani quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: VIDEO “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar