date
views 3 471

Ahmadboydan jabrlanganlarning pullari plastik kartochkaga oʻtkazib berilmoqda

Ahmadboydan jabrlanganlarning pullari plastik kartochkaga oʻtkazib berilmoqda
Foto: OʻzA
“Ahmadboy ishi” boʻyicha MIBga 12 mingta ijro hujjati kelib tushgan, deb xabar bermoqa OʻzA. Bu haqda Toshkent viloyati prokurori ishtirokida OAV vakillari uchun oʻtkazilgan matbuot anjumanida MIB viloyat boshqarmasi vakili maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda jabrlangan aholi vakillariga plastik kartochka ochilib, mol-mulk xatlovidan majburiy tarzda undirilgan mablagʻlarni ularga oʻtkazish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Matbuot anjumanida, shuningdek, viloyat prokuraturasining 10 oylik faoliyati yuzasidan viloyat prokurori Salom Samadov jurnalistlarga maʼlumot bergan.

Unga koʻra, 2019-yil davomida viloyatda 2 153 nafar mansabdor shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, jismoniy va yuridik shaxslar manfaati yoʻlida sudlarga 27,5 milliard soʻmlik 1 479 ta ariza kiritildi, yetkazilgan 3 milliard soʻm zarar ixtiyoriy undirildi, qoʻpol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 143 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Viloyat prokurori sektori hududida ishchi guruh tomonidan 2019-yil 1-noyabr holatiga 156 631 ta (100 foiz) xonadonlarning oilaviy sharoiti uyma-uy yurish orqali oʻrganilib, 5 639 ta muammolar mavjudligi aniqlangan. Aniqlangan muammolarning 4 668 tasi yoki 82,5 foizi hal etilib, 991 tasini hal etish boʻyicha tegishli idoralarga topshiriqlar berilgan. Aniqlangan muammoli masalalardan 3 964 tasi qanoatlantirilgan, 704 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ahmadboydan jabrlanganlarning pullari plastik kartochkaga oʻtkazib berilmoqda