12:00 / 03.12.2019
2 729

Soliq organlarining javobgarligi kuchaytirilmoqda

Soliq organlarining javobgarligi kuchaytirilmoqda
Qonunchilik palatasining 2019-yil 26-noyabrda oʻtkazilgan majlisida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi oʻqishda maʼqullangan edi.

Ayni paytda parlament quyi palatasining barcha qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yigʻilishlarida hamda ishchi guruhlarda mazkur qonun loyihasi keng muhokamada moddama-modda koʻrib chiqilmoqda.

Kodeks loyihasida asosiy eʼtibor soliq qonunchiligini maksimal darajada soddalashtirishga, ziddiyatlar va tushunmovchiliklarni bartaraf etishga, insofli soliq toʻlovchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan boʻlsa, soliq organlarining huquq va majburiyatlari belgilangan holda, ularning javobgarligi ham kuchaytirilmoqda, deyiladi parlament saytida.

Muhim oʻzgarishlardan biri bu ortiqcha toʻlangan soliq summalarini oʻz vaqtida qaytarilmagani yoki soliq summalari soʻzsiz tartibda asossiz undirilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida byudjetdan soliq toʻlovchilarga foiz toʻlash yoʻli bilan soliq organlarining javobgarligini kuchaytirishdir.

Taʼkidlanishicha, kodeks loyihasida asosiy vositalar obyektlari, shu jumladan, koʻchmas mulk obyektlari xarid qilinganda (barpo etilganda) qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) biryoʻla hisobga olinishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilishi bilan soliqni toʻlash tartiblar ham soddalashtirilmoqda. Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish tizimi tubdan oʻzgartirildi. Yaʼni, batafsil kameral tekshiruv oʻtkazilganidan keyin QQS boʻyicha “manfiy” qoldiq summasini qaytarish huquqi taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq organlarining javobgarligi kuchaytirilmoqda