Bugun, 4-dekabr kuni soat taxminan 14:00larda Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida qoʻlbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yongʻin sodir boʻlgan, yongʻindan uyning 4 ta xonadoni zarar koʻrgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼlumotlariga koʻra, hodisa sodir boʻlgan joyda 8 nafar fuqaro kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yoʻq.
Hodisa sodir boʻlgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot berilishi aytilgan.
“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonadoningiz va boshqa binolarda faqat davlat standartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanishni va gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yoʻqligiga eʼtiborli boʻlishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʻraymiz”, - deyiladi Tergov departamenti maʼlumotida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di