
Foto: “Daryo”
15-noyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda “Daryo”ning huquq-tartibot organlaridagi manbalari xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida 1980-yilda Toshkentda tugʻilgan, oliy maʼlumotli, Transport vazirligi ruxsat beruvchi hujjatlar boʻlimi boshligʻi Sh.H. 250 dollar miqdorida pora olayotgan vaqtda ushlangan.
Sh.H pora olishda ikki vositachidan foydalangan. Ular tergovga yordam berib, faol guvohlar sifatida foydalanilgan:
I.R 1989-yilda Toshkentda tugʻilgan, “Max profit” MCHJ transport firmasi vakili. A.A 1990-yilda Toshkentda tugʻilgan, haydovchi.
Hozirda Sh.H ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar