2 696
Endi YTH natijasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish - tah.) bilan tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilinganda, aksariyat yo‘l-transport hodisalari aynan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lgan holatlardan iborat.
Shu sababli qonun loyihasida qonunchilikdagi insonparvarlik prinsipini qo‘llagan holda yo‘l-transport hodisasi natijasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni Kodeksdan chiqarish nazarda tutiladi.
Qonun loyihasini qabul qilish orqali respublikadagi jinoyatchilik ko‘rsatkichini kamaytirishga erishilishi aytilgan.
Mas’ul ijrochilar - Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 30 aprel, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 30 may.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi