Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi aviatashuvlar narxining pasayishiga olib kelishi kutilayotgan bir qator tuzatishlar ishlab chiqdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan prezident farmoni loyihasini taqdim etdi.
Spot’ning yozishicha, loyiha bilan aviatashuvlarda narxlarning pasayishiga olib kelishi kerak bo‘lgan bir qator chora-tadbirlar taklif qilingan.
Xususan, aviatsiya yoqilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallari, shuningdek aviatsiya yoqilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini tayyorlash uchun xomashyoni olib kirishda mahalliy va xorijiy kompaniyalar bir necha yil davomida bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishi rejalashtirilgan.
Chet el aviakompaniyalariga tranzit paytida ko‘rsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi tufayli jarima solinmaydigan bo‘ladi.
O‘zbekiston aviakompaniyasi quyidagilarni mamlakatga olib kirishda boj to‘lovlaridan ozod qilinadi:
- olib kirilgan vaqtida ishlab chiqarilgan muddati 10 yildan oshmagan samolyotlar (TIF TN kodi 8802, 8803 va 8805);
- faqat yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan jahon brendlarining xizmat ko‘rsatish uskunalari va ichimliklari.
Havo kodeksiga qaytarib berilmaydigan va bagajsiz tariflardan foydalangan holda aviatashuvlar narxini optimallashtirish mexanizmlarini belgilovchi tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, agar farmon shu ko‘rinishda qabul qilinsa, unda ikki oy ichida Transport vazirligi va Moliya vazirligi teng shartlar asosida mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqishi kerak. Gap aviatsiya infratuzilmasidan foydalanish va qo‘shimcha to‘lovlar undirilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi