O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi pornografik videolarni targ‘ib qiluvchi saytlarga kirganlardan pul talab qilayotgan xakerlardan ogohlantirdi.
“Fuqarolar tomonidan pornografik foto va video mahsulotlarni targ‘ib qiluvchi internet resurslaridan foydalanish jarayonida boshqa shu kabi resurslarga avtomatik tarzda o‘tib ketish orqali “O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limidan bildirishnoma” sarlavhasi ostida sizib chiquvchi oyna paydo bo‘lmoqda.
Oynada foydalanuvchining taqiqlangan saytlarga kirgani sababli go‘yoki IIV tomonidan u 200 000 so‘m (ayrim hollarda 300 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgani, u pullarni “Webmoney” elektron to‘lov tizimi orqali davlat hisobiga to‘lovni amalga oshirishi kerakligi aytiladi.
Aks holda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining pornografik foto va video mahsulotlar joylashtirilgan internet resurslaridan foydalangani haqida hodisa bayoni hamda foydalanuvchiga jarimani to‘lashi talabi bilan SMS xabar yuborilishi haqida ma’lumot paydo bo‘lmoqda. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning internet Web brauzeri blokirovka holatiga tushib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’kidlab o‘tilgan holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi” nomi bilan faoliyat yurituvchi bo‘lim yoki bo‘linma mavjud emas;
– “Webmoney” to‘lov tizimida O‘zbekiston Respublikasi IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalari elektron hamyonlariga ega emas.
IIV fuqarolarimizni internet tarmog‘idan foydalanayotganda bu kabi salbiy holatlarga duch kelmasligi uchun firibgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirdi.
Shuningdek, bugungi kunda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi