Joriy yilning 20 noyabr kuni soat 10:15 atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi oziq-ovqat do‘konlaridan birida ikki nafar yigit qalbaki 100 ming so‘mlikni o‘tkazishga urindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ular 2 ming so‘mlik suv xarid qilib, 98 ming so‘mni qaytim sifatida olgan. Keyinchalik yo‘llarida uchragan qizdan 100 ming so‘mni maydalab berishni so‘ragan va ikkita haqiqiy 50 ming so‘mlikni qo‘lga kiritgan.
Do‘kon egalarining murojaati asosida pul ekspert-kriminalistika bo‘limi tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilganda banknot rangli printerda chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari mobaynida soxta pul egalari aniqlandi va qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davomida uch nafar muqaddam sudlangan yigit va bir nafar voyaga yetmagan bola O‘rikzor bozoridagi paynet shoxobchasida 58 dona 100 ming so‘mlikni qalbakilashtirgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bunday qilmishlar uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi