Foto: «Zarnews.uz»
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Gavhar Alimova O‘zA muxbiri bilan uyushtirilgan suhbatda xotin-qizlar bilan bog‘liq haqida so‘zlab berdi:
«Oqdaryoda tungi barlarda yurgan qizlar bizni qiynamoqda. Bunda asosiy muammo onada. Kechasi qizi chiqib ketsa, ona qanday qilib bilmasligi mumkin? Yaqinda 16 yosh qizning homiladorligi aniqlandi. U 15 yoshda shu yo‘lga kirgan, ona bilmadim, deydi yelka qisib. Bu javobmi? Nima uchun qizining tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan dildan suhbatlashmaydi? Nega ota o‘g‘lini yurish-turishini nazorat qilmaydi, o‘tirib gaplashmaydi? Qani oilada otaning o‘rni?
To‘g‘ri, maktab-chi deymiz, u ta’limga javob beradi. Mahalla deymiz, qaraydi, qiz ko‘chada tinch yuribdi. Hamma narsa oilada, uyda yuz bermoqda. Misol uchun, kuni kecha 17 yosh qiz uydan chiqib ketgan. Onasi telefon qilib, «Iltimos, shu qizimni qamatib yuboring», deydi. Yosh qiz icharkan, chekarkan, uydan chiqib ketib, bir hafta, o‘n kun yo‘q bo‘lib ketarmish. Harakat qilib, bir kunda topdik. Shaharga olib kelib, psixolog biriktirdik. Bitta darsdan keyin qochib ketdi. Psixolog haftasiga uch marta qatnab, qizni uyiga borib dars o‘tmoqda. Tarbiya oilada bo‘lmagandan keyin qiyin ekan», degan senator. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin