AQShga viza olib, viza muddati tugaganidan keyin ham bu mamlakatdan chiqib ketmayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni ko‘pligi sababli Amerika vizasini olish o‘zbekistonliklar uchun qiyinlashib bormoqda.
Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum aytib o‘tdi.
«Men elchi sifatida viza berilishi ishlariga aralashmayman, elchixonamizda bunga mas’ul alohida bo‘lim bor. Bu bo‘limdagilar talabgorning AQShga kirishi qay darajada mumkin ekanini o‘rnatilgan qonun-qoidalar asosida aniqlashadi.
Shuni bilamanki, viza bilan AQShga kelib, u yerda belgilangan muddatdan ortiqroq qolib ketish holatlari bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarining ko‘rsatkichlari nisbatan yuqoriroq. Natijada biz har bir viza talabgorini sinchiklab o‘rganib chiqishimiz va ular Qo‘shma Shtatlarda belgilanganidan ko‘proq qolib ketmasligiga ishonch hosil qilishimiz lozim», – dedi amerikalik diplomat.
Ma’lumot uchun, 2019 moliya yilida AQShda vaqtinchalik bo‘lish vizasi uchun hujjat topshirgan O‘zbekiston fuqarolarining 68 foizi rad javobini olgan.
Bu – sobiq ittifoq respublikalari orasidagi eng yuqori manfiy ko‘rsatkichdir. Vaholanki, 2009-2017 yillarda Amerika vizasini so‘rab murojaat qilgan har ikki o‘zbekistonlikdan biriga viza berib kelingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi