Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari bekatda tunab yurgan 47 yoshli Gulbahor opaga (ismlar o‘zgartirilgan) va tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan boshqa ayollarga ko‘mak berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bergan.
Issiq choy bahonasida samarqandlik ayol bilan qilingan suhbat davomida uning Toshkentga uy-joy masalasini hal etish uchun kelgani, ammo poytaxtda yashovchi qarindoshlari yo‘q bo‘lgani tufayli bekatda tunashga majbur bo‘lgani oydinlashdi. Xodimlar Samarqand viloyati IIBdagi hamkasblariga bu haqda ma’lum qilib, holatni o‘rganish maqsadida hujjatlar nusxalarini yuborgan.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlari Chilonzor tumanidagi buyum bozorida tilanchilik qilayotgan 57 yoshli Mahbuba ismli ayolga ham yordam ko‘rsatdi. Turmush o‘rtog‘i vafotidan keyin farzandlari ko‘chaga haydagan, ayol o‘g‘li ham olamdan o‘tganini bildirdi, u haqidagi ma’lumotlar Samarqand viloyati IIBga yuborilib, uning o‘zi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirildi.
40 yoshli Manzura va uning 10 yoshli voyaga yetmagan qizi bilan Yuqorichirchiqdan kelib tilanchilik qilayotgani, oilasi og‘ir ahvolda ekani, turmush o‘rtog‘i nogironligi, ikki farzandi bilan oilasini boqish maqsadida shu yo‘lga kirganini hikoya qilgan. Uning sharoitini o‘rganish bo‘yicha Toshkent viloyati IIBBga tegishli hujjatlar yo‘naltirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi