
Jizzax viloyati Arnasoy tumanining “Zarafshon” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi sinfdoshlar A.P. va U.Q. ichkilik ortidan avval zoʻravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi.
Postda.uzʻning xabar berishicha, hammasi mast sinfdoshlarning shu qishloqda istiqomat qiluvchi X.J.ni ularning oldiga tez yetib kelishini talab qilishlaridan boshlangan.
X.J. chaqiriqqa eʼtibor qilmagan. Sinfdoshlar esa kattalarning gapiga kirmaydigan yigitchani soʻkib, haqorat qila boshlashgan. Achchiqlangan X.J. shu atrofdagi turar joydan oshxona pichogʻini olib chiqadi va ogʻzi shaloq sinfdoshlardan birining chap biqiniga ikki marta, boshqasining yelkasiga bir marta tigʻ uradi.
Jabrlanuvchilar tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deyiladi maʼlumotda.
Jizzax ViloyatiArnasoy TumaniQishloq FuqarolarIchkilik MuammosiZoʻravon SinfdoshlarJabrlanuvchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar