O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ‘Tarbiya’ fani bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida»gi bo‘yicha qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
- oliy ta’lim muassasalaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix», «O‘zbek filologiyasi», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq», «Pedagogika va psixologiya» yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2019—2020-o‘quv yili bitiruvchi kurslarining o‘quv reja, dastur va malaka talablariga «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqini beruvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
- 2020—2021-o‘quv yilidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» yo‘nalishi o‘rniga «Tarbiya va huquq ta’limi» yo‘nalishini ochish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi