Firibgarlik, noqonuniy moliyaviy piramida tashkil etish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib, javobgarlikka tortilgan chinozlik AhmadjonTursunboyevdan (“Ahmadboy”) jabr ko‘rgan fuqarolar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritildi.
“Xabar.uz” muxbirining ma’lum qilishicha, bu haqda bugun, 17 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mengliyev ma’lum qildi.
Foto: Xabar.uz
Unga ko‘ra, A.Tursunboyev va boshqalarning jinoyatlariga oid kelib tushgan ijro hujjatlariga ko‘ra, “Ahmadboy ishi” doirasida 11 710 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan. Yetkazilgan zarar miqdori esa 386 milliard. so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Ayni paytda mahkumga tegishli 29 ta ko‘chmas mulk va 8 ta avtomobil xatlanib, ularni auksionda sotish ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, dastlabki tergov davrida olib qo‘yilgan pul mablag‘lari ham mavjud.
Alohida qayd etildiki, dastlabki tergovda olib qo‘yilgan pul mablag‘lari MIB hisob-raqamiga o‘tkazilishi va mulklar sotilishi hamono zararlarni qoplash boshlanadi. Jabrlanuvchilarning ro‘yxati shakllantirilgan, tushgan mablag‘lar bo‘yicha maxsus elektron dastur yaratilgan bo‘lib, kimning qancha haqi borligidan kelib chiqqan holda proporsional taqsimlanib boriladi.
Bundan anglashiladiki, pul mablag‘lari jabrlanuvchilarning plastik kartalariga o‘tkazib beriladi. Plastik kartaga ega bo‘lmagan jabrlanuvchilar nomiga esa (MIB tashabbusi bilan) tegishli bank muassasasidan shunday to‘lov vositasi tekinga ochib berilmoqda.
Xatlangan mulklar va dastlabki tergov jarayonida olib qo‘yilgan pul miqdori zararlarni qoplashga yetadimi? Bu savol hamon muallaq turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi