Bojxonachilar Boysunda “dori” operatsiyasiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar navbatdagi yirik partiyadagi maxsulotlarning noqonuniy aylanmasi fosh etishdi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Boysun tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, fuqaro Ya.F. boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi to‘xtatilib belgilangan tartibda tekshirildi.
Natijada, yuk avtotransport vositasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan umumiy qiymati 101,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 435,2 million so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Boysun tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, fuqaro Ya.F. boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi to‘xtatilib belgilangan tartibda tekshirildi.
Natijada, yuk avtotransport vositasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan umumiy qiymati 101,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 435,2 million so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…