3 363
Deputatlikka nomzod ma’muriy javobgarlikka tortildi. U saylovchilarni un va yog‘ bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘lgandi
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod bo‘lgan Abror Axmedov saylovchilarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun ularga arzon narxda yog‘ sotish orqali saylovoldi tashviqotini olib borib Saylov kodeksini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Xususan, «Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar tomonidan tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga 38-Olmazor saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Axmedov 15 dekabr kuni Chilonzor tumani «Katta Chilonzor-1» mahalla fuqarolar yig‘ini va 16 dekabr kuni «Katta Chilonzor-2» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan yarmarkalarda ishtirok etib, «O'zlidep» logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali, rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog‘ mahsulotini saylovchilarga imtiyozli arzonlashtirilgan narxda sotish xizmatini ko‘rsatgan hamda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.
Deputatlikka nomzod A.M.Axmedov o‘z harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-5-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan.
Ushbu holat yuzasidan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan A.M.Axmedovga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi