4 821
«Kim bo‘lishidan qat’i nazar qonun oldida javob berishi kerak» — Svetlana Ortiqova Shuhrat G‘aniyev haqida
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq so‘nggi xabarlarga munosabat bildirdi. Bosh prokuror o‘rinbosari Kun.uz’ga bergan intervyusida Bosh prokuratura tomonidan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgani, Senat ham bu holatni e’tiborsiz qoldirmasligi kerakligi haqida aytib o‘tdi.
«U javobgarliksiz qolayotganidan Bosh prokuraturaning xabari bor. Farg‘ona viloyat hokimining xatti-harakatlari, so‘zlari ustida o‘zining munosabatini bildiryapti. Agar rasmiy saytimizga kirsangiz, bu haqda bayonotlar ham berilgan. Hattoki, senatorlik paytimda shu viloyat hokimining ishini «Senatning reglament va odob komissiyasida muhokama qilganmiz, kechirim ham so‘raganlar, uch oy muhlat ham berilgan.
O‘ylaymanki, Bosh prokuratura agarda [hokim] qonun doirasidan chetga chiqqan bo‘lsa, u kim bo‘lishidan qat’i nazar o‘z munosabatini bildiradi, surishtiruv olib boriladi. Agarda qonunni chetlab o‘tgan bo‘lsa, qonun oldida albatta javob beradi.
Shaxsiy munosabatimga keladigan bo‘lsak, har bir inson avvalambor o‘zini hurmat qilish kerak. O‘zini hurmat qilsa, o‘zini tarbiyali deb hisoblasa, unda boshqa odamga, yoki vaziyatga, yoki qonunga va jamiyatga qarata salbiy fikrlarni aytmaydi.
O‘ylaymanki, bu masalaga hali qaytamiz. Senat ham bunga o‘zining munosabatini bildirishi kerak. Bosh prokuratura tomonidan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan. Mana shu savolni ularga yo‘naltirsak, menimcha, to‘g‘ri bo‘ladi. [Farg‘ona viloyati hokimi] kim bo‘lishidan qat’i nazar Konsititutsiya oldida, qonun oldida javob berishi kerak», deydi Bosh prokuror o‘rinbosari.
Joriy yilning sentyabr oyida Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyatida ayollarning ro‘mol o‘rashiga qarshi kampaniya e’lon qilgani aks etgan audio tarqalgach, hokim Senatning Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida uzr so‘ragan, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berilgan edi.
14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Unga ko‘ra, G‘aniyev 2 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Quvada gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan shaxsning «janozasi o‘qilmagani» uchun Quva tumani hokimini tergagan.
Keyinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev prokuraturadan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq navbatdagi shov-shuvli holatga huquqiy baho berishni so‘radi.
Hozircha bu hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi