
Fojia kecha, 18 dekabr kuni kuppa-kunduzi Qarshidagi bolalar bog‘chasida yuz berdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, fuqaro A.B. (1980 y.t., sudlanmagan) turmush o‘rtog‘i (ayol ) M.Q.ni (1986 y.t., sudlanmagan) rashk qilib, fuqaro B.N.ga (1968 y.t., sudlanmagan) oshxona pichog‘i bilan tashlanadi.
Buning oqibatida B.N. ko‘krak qafasining turli joylariga yetkazilgan jarohat, shuningdek, bo‘yin sohasi kesib tashlanishi sabab voqea joyida jon taslim qiladi. Shu tariqa «raqibi»ning hayotiga nuqta qo‘ygan er turmush o‘rtog‘ini ham o‘ldirishga qasd qiladi. Hodisa joyiga IIB xodimlarining yetib kelishi natijasida ikkinchi fojianing oldi olindi.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.B. hibsga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar