
Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining qarzdor Ye.Matkarimovdan undiruvchi G.Abatovaning foydasiga ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun har oydagi daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 02.06.2018 yili kelib tushgan va Majburiy ijro harakatlari olib borilgan.
Qarzdor ota tomonidan 2 nafar farzandiga atalgan aliment mablag‘larini to‘lashda mas’uliyat bilan yondashilib oyma-oy muntazam ravishda hech bir kechikmasdan to‘liq to‘lab kelgan.
Shunga qaramasdan, alimentchi ota joriy yilning sentabr oyida Byuroning Xo‘jayli tumani bo‘limiga farzandlarining nomiga uyini rasmiylashtirib bermoqchiligini bildirib murojaat qiladi.
Natijada Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi va sobiq turmush o‘rtoqlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra G.Abatovaga 2 nafar farzandining balog‘atga yetgunga qadar aliment qarzdorligi evaziga tuman hududidagi Mustaqillik ko‘chasi bo‘yida joylashgan 3 xonali uyini nomiga rasmiylashtirib beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar