
Xorvatiyada 22 dekabrda o‘tgan prezident saylovlarida mutlaq g‘olib aniqlanmadi. Shu sababli 5 yanvarda saylovlarning 2-turi bo‘lib o‘tadi.
Mamlakat davlat saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2-turga 29,57 foiz ovoz bilan Zoran Milanovich va 26,65 foiz ovoz bilan amaldagi prezident Kolinda Grabar-Kitarovich o‘tdi.
Hammasi bo‘lib saylovlarda 11 nomzod ishtirok etgan.
Xorvatiya prezidenti asosan vakillik vazifalarini bajaradi va mamlakatning ichki hamda tashqi siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qila olmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar