
Bu yilgi yangi yil shodiyonalari o‘tkaziladigan maskanlar ro‘yxati shakllantirildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ro‘yxatga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabridan 2020 yilning 8 yanvarigacha Toshkentdagi 14 ta maskanda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadi:
- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda «Hayatt Regency» mehmonxonasining oldi maydonida;
- Shayxontohur tumanidagi «Anhor Lokomativ» bog‘ida;
- Shayxontohur tumanidagi «Navro‘z» bog‘ida;
- Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi «Roison Electronics» korxonasi old maydonida;
- Yakkasaroy tumanidagi Pushkin maydonida;
- Bektemir tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish markazining old tomonida;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bobur nomidagi «Eko-bog‘» hududida;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Central park» hududida;
- Sergeli tumanidagi «Green park» hududida;
- Uchtepa tumanidagi «Farhod» dehqon bozorining Kichik xalqa yo‘lidagi turargohi hududida;
- Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog‘i old maydonida;
- Yashnobod tumanidagi «Ashxobod» madaniyat va istirohat bog‘i hududida;
- Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida;
- Chilonzor tumanidagi «Humo arena» muz saroyining old maydonida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar