06:30 / 24.12.2019
6 010

Andijonda maktab omboridan qurol-yarog‘lar topildi

Andijonda maktab omboridan qurol-yarog‘lar topildi
Andijonda maktab ortidagi eski ombordan o‘quv minasi va granata topildi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.

Asaka tumani IIB xodimlari va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining maxsus otryadi tomonidan 11-sonli maktab tekshirilganida, ta’lim muassasasining orqa tomonida joylashgan eski ombordan o‘quv qurol-yarog‘lari topildi.

Muqaddam chaqiruvga yoshlarni tayyorlash fanida foydalanilgan bir dona piyodalarga qarshi o‘quv minasi, bir dona o‘quv qo‘l granatasi, 43 dona zapal va 24 dona zapalning zarb igolkasi tuman IIBga olib ketilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda maktab omboridan qurol-yarog‘lar topildi