Foto: Infocielo
Shu yilning 26 dekabr kuni halqasimon quyosh tutilishi yuz beradi. Ulug‘bek nomidani astronomiya institutining xabar berishicha, ushbu hodisa O‘zbekiston hududining hamma joyida qisman Quyosh tutilishi shaklida kuzatiladi.
Halqasimon Quyosh tutilishini Saudiya Arabistoni, Hindistonning janubiy hududlari va Indoneziya davlatlarining aholisi to‘liq kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sharqiy Yevropa, O‘rta Osiyo, Malay arxipelagi va Avstraliyaning Shimoli-g‘arbiy hududlari aholisi qisman Quyosh tutilishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda bu hodisa Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 09:00 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh diametrining 38 foizini to‘sadi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat-u 6 daqiqani tashkil etadi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan.
Respublikaning eng janubiy hududi Termiz shahrida Quyosh tutilishi 07:50 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 08:54 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh diametrining 48 foizini to‘sadi. Termiz shahrida Quyosh tutilishi 10:06 da yakunlanadi va tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat-u 16 daqiqani tashkil etadi.
Tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 96 foizi Oy tomonidan to‘siladi.
Ma’lumot uchun, halqasimon Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan to‘silganida soya atrofida ingichka yorug‘ halqa hosil bo‘lishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon bo‘lishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish bo‘lsa, Quyoshning shunchalik katta qismi to‘siladi.
Shuningdek, xabarda Quyosh tutilishini maxsus Quyosh nurini yutuvchi qora ko‘zoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash (svarochnaya) maskasi yordamida kuzatish mumkinligi aytilib, durbin yoki teleskopdan foydalanib Quyoshga qarash ko‘zga zarar ekanligi ogohlantirilgan. Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga albatta maxsus Quyosh filtrlarini o‘rnatish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi