date
views 4 361

“Tanzila Narbayeva Senat raisi lavozimida qolmaydimi?”

“Tanzila Narbayeva Senat raisi lavozimida qolmaydimi?”
Xabaringiz bor, kecha bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashi yig‘ilishi bir qator tanqidlar bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Shundan so‘ng yig‘ilishda bildirilgan fikr va munosabatlar bir qancha OAV va internet tarmoqlarida muhokama qilindi. Xususan, BekJurnalist nomi ostidagi bloger ushbu Majlisdan so‘ng Senat raisi bilan bog‘liq ayrim fikr-mulohazalarini bayon etdi:

“Senat Raisi Tanzila Narbayeva majlisda umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik holat borasida o‘z fikrlarini bildirib, kerak bo‘lsa yangi parlament a’zolariga ham tavsiya qilib ketishini ta’kidladi.

– Senat bu dolzarb mavzuni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Shunchaki, Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborib qo‘yish bilan ish bitmaydi. Yaqinda vakolatimiz tugaydi. Lekin yangi saylangan deputat, senatorlarga ham kerak bo‘lsa, yozma ravishda ushbu mavzuni e’tibordan chetda qoldirmasliklarini tavsiya qilib ketamiz. Zero, bunda farzandlarimiz salomatligi ko‘ndalang turibdi, – deydi T.Narbayeva.

Narbayeva xonim shu kabi gaplarni, ayniqsa, vakolati tugashi, yangi senatorlar kelishini aytdi.

Qiziq, Tanzila Narbayeva parlamentning to‘rtinchi chaqirig‘ida Senat Raisi lavozimida qoladimi yoki yo‘q?

2019 yil 21 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan parlament yuqori palatasi Raisi lavozimiga ilk bor rahbar ayol, Tanzila Narbayeva saylangan edi. Xo‘sh, yangi rahbar Senatda qanday o‘zgarishlar qilishga muvaffaq bo‘ldi? Albatta, bu savolga javob berish biroz mushkul. Boisi, hali oldinda qilinadigan vazifalar yo‘q emas.

Lekin o‘tgan qisqa vaqt mobaynida T.Narbayeva rahbarligida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bunga keng jamoatchilik e’tibor qaratib, e’tirof etmoqda ham.

XO‘Sh, NARBAYEVA SYENATDA QANDAY O‘ZGARISHLAR QILA OLDI?

* Avvalo, fuqarolar murojaati bilan ishlash tizimining yangi mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.
* Xalq bilan bevosita muloqot qilish orqali hududlardagi real holat o‘rganildi;
* Oliy Majlis Senatining virtual qabulxonasi orqali murojaatlar qabul qilish jonlandi;
* Senat Raisining “facebook.com”dagi rasmiy sahifasida ham murojaatlar qabul qilindi;
* Senat Raisining hududlarda sayyor qabullari tashkil etildi. T.Narbayeva Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida aholi bilan uchrashib, ularning muammolari joyida hal qilindi;
* Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishi amaliyoti joriy etildi;
* Hududlardagi senatorlarning fuqarolar murojaati bilan ishlash, qabullar o‘tkazishi muntazam amalga oshirildi.
* Eng muhimi, Qonunlarning hududlar manfaatlariga mosligi o‘rganish tizimi yaratildi;
* Joylardagi dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqib, Hukumatga Parlament so‘rovlari yuborish jonlandi;
* Xalqaro hamkorlik yanada kengaydi;
* Senatning jurnalistlar bilan ishlash mexanizmi yangi bosqichga ko‘tarildi. OAV, blogerlar bilan hamkorlik o‘rnatildi. T.Narbayeva tanqid qilganlarni to‘g‘ri qabul qildi. Har bir dolzarb mavzuga tezkor munosabat bildirildi;
* Senatning yalpi majlislari, qo‘mitalar majlislari jonli efirda translyatsiya qilinib, xalqqa ochiq-oshkora ko‘rsatildi.

Shaxsan men Senat Raisi kim bo‘lishidan qat’i nazar bunday faoliyat izchil davom etib, yanada jonlanishini istar edim. Siz-chi?” — deya, munosabat so‘ragan bloger.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Tanzila Narbayeva Senat raisi lavozimida qolmaydimi?”