
2020 yil yanvardan O‘zbekistondagi maktablarda moliyaviy savodxonlik saboqlari o‘tiladi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
11-sinf o‘quvchilari uchun asosiy tushunchalar beriladigan taqdimotlar tayyorlanadi. Ular shanba kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
«Kapital bozorini rivojlantirish agentligi xodimlari 2020 yil yanvardan mashg‘ulotlarni o‘tishni boshlaydi. 11-sinf o‘quvchilari zalga to‘planadi va ularga kapital bozori va umuman iqtisodiyotning asosiy tamoyillari haqida hikoya qilinadi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, «Iqtisodiyot» darsligiga kapital bozori asosiy tamoyillarini o‘z ichiga olgan o‘quv dasturini kiritish loyihasi ishlab chiqilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar