
Majburiy ijro byurosi Xiva shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringda, Xiva shahar “Gilamchi” mahallasida joylashgan nonvoyxonada elektr hisoblagichidan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib, 7365,9 kvt.soat elektr energiyasidan foydalanib kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 37 mln. 519 ming so‘mlik miqdorda zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Nonvoyxona ish boshqaruvchisi R.Matnazarov O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 6-qismida “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa” javobgarlikdan ozod etilishi haqida tushuntirish berildi.
Ish boshqaruvchisi R.Matnazarov sodir etgan qilmishini tan olib, bundan keyingi davrda noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmasligini, sodir qilgan qilmishidan amalda pushaymonligini bildirgan va yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar