23:45 / 28.12.2019
3 167

Kogonda ishchilar yog‘ zavodining devorini teshib, 12,5 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘mardi

Kogonda ishchilar yog‘ zavodining devorini teshib, 12,5 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘mardi
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
«Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi» AJdan qiymati 12 million 375 ming so‘mlik yog‘ mahsulotlarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi «Postda».

O‘g‘rilar devor ustidan sakrab o‘tib, g‘ayriqonuniy ravishda korxonaga kirgan. So‘ng yog‘ mahsulotlari saqlanayotgan ombordan 1500 dona yelim idishga qadoqlangan, jami 12 million 375 ming so‘mlik yog‘ mahsulotlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirilgan. Tezkor-surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchilar qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu zavodning o‘zida ishlovchi M.S., B.N. va X.A. oldindan tayyorlab qo‘yilgan devor teshigi orqali yog‘ mahsulotlarini tashqariga olib chiqib, «Jiguli» rusumli avtomashinasida olib ketishgan.
O‘g‘irlangan yog‘ mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kogonda ishchilar yog‘ zavodining devorini teshib, 12,5 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘mardi