2 975
Jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Foto: Morteza Nikoubazl / Zuma / TASS
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi.
Muhokama uchun e’lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan muomalaga yaroqli banknotalar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilish tartibi tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin.
Shuningdek, valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalari bilan bog‘liq valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilganda muvofiq shakldagi 09012-son ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shikastlangan banknotalar bilan bog‘liq valyuta ayirboshlash yoki muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilish operatsiyalari amalga oshirilganda, bunday operatsiyalar 09011-son reyestrga rasmiylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi