
Yangi yilga qarz bilan o‘tish kerak emas deyishadi ko‘pchilik, lekin bunga amal qilmaganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
To‘g‘rida, MIB sud qarori ijrosini bajaradi, qarzdordan tashqari undiruvchi manfati ham bor, u MIBni ishini tez va to‘liq ijro qilishini talab qiladi.
Fukarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 14.08.2019 yilda qarzdor A.Salmonovdan undiruvchi “InfinBank” foydasiga jami 62 mln. so‘mlik qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, mazkur ijro ishi yuzasidan Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasining barcha qidiruv inspektorlari xamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida qarzdor A.A.Salmonovga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” rusumli qidiruvdagi avtotransport vositasi xatlangandi.

Yana bir qarzdor fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 22.10.2018 yildagi qarzdor T.Usmonovdan undiruvchi “Uz Shin Don Siligon” MCHJ foydasiga jami 54 mln. 510 ming so‘m qarz undirish ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan tadbir natijasida “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi ham jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar IIBB YHXB.ning ma’muriy qarorida 2 mln. 230 ming so‘m ko‘rsatilgan qarzdorlik fuqaro I.Kadirovning boshkaruvida bo‘lgan “Nexia-2” avtotransport vositasi ushlanib xatlangandan so‘ng, qarzdorlik to‘liq undirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar