date
views 5 101

IIV haydovchining YPX xodimiga jahl qilib o‘z avtomobilini yoqib yuborgani sababini aniqladi

IIV haydovchining YPX xodimiga jahl qilib o‘z avtomobilini yoqib yuborgani sababini aniqladi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani markazidagi Samarqand ko‘chasida joylashgan "Makro" supermarketi oldida yonayotgan Matiz avtomashinasi videosi tarqaldi. Hodisani tasvirga olayotgan shaxsning atrofdagilarga izoh berishicha, egasi o‘z mashinasini yo‘l-patrul xizmati xodimlariga jahl qilib yoqib yuborgan.

Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan o‘rganildi. Holat yuzasidan IIBB Axborot xizmati quyidagilar ma’lum qildi.

1 yanvar kuni Yangiyo‘l shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan davlat raqam belgisi 01F167MA bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina shahar dehqon bozori oldida to‘xtash taqiqlanadi 3,27 yo‘l belgisi ta’siri ostida to‘xtab turganligi aniqlanib, haydovchidan tegishli hujjatlar so‘ralgan.

Shunda haydovchi YPX inspektorlari bilan qo‘pol muomalada bo‘lib, hujjatlari yo‘qligini bayon qilgan. Xodimlar unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish kerakligini bildirishgan. Shundan so‘ng, haydovchi o‘zini g‘ayritabiiy tutadi va jahl qilib, avtomobilni old kapotini ochib o‘z avtomobiliga o‘t qo‘yib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Yong‘in zudlik bilan Yangiyo‘l shahar Yong‘in xavfsizlik xizmati tomonidan bartaraf etilib, guvohlardan olingan bayonnomalarda haqiqatdan ham haydovchi o‘z avtomobilini o‘zi yoqib yuborganligi ma’lum qilingan.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi mazkur holatda oila a’zolari bilan o‘zaro janjal sababli asabiy holatda bo‘lgan.

Hozirda FVV YOXB tomonidan qo‘shimcha surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV haydovchining YPX xodimiga jahl qilib o‘z avtomobilini yoqib yuborgani sababini aniqladi
LiveInternet