
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
2 yanvar kuni soat 16:00 larda Namangan viloyati Chortoq tumani hududidan o‘tgan yo‘lda Lacetti va Nexia avtomobillari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
«To‘raqo‘rg‘on—Namangan—Chortoq—Laskidon» avtomobil yo‘lining 45-kilometrida 51 yoshli fuqaro Lacetti rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.
Nexia haydovchisi Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan S.R. bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
YTH oqibatida Nexia haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar