
Yosh yigit bir qizni boshini aylantirish niyatida qo‘l telefoniga shunday xat jo‘natdi:
— “Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi?”
— “Bo‘ladi. Lekin bir narsani aniqlab olishim kerak. Kimligimni rostdan bilmaysanmi?!” – dedi qiz. Qizning javobi ajablanarli edi. U so‘zida davom etdi:
“Men aziyat bermasliging va sening bir parchang ekanimni unutmasliging uchun qovurg‘angdan yaralgan ayolman..
Men Jannatda yolg‘izlikdan ezilib yurgan vaqtingda Alloh taolo senga tuhfa qilgan ayolman...
Men xonadoning ko‘rki bo‘lgan onag, singling va ayolingman.
Men “Niso”, “Mujodala”, “Nur”, “Taloq” va “Maryam” surasiman.
Men ona bo‘lganimda Jannat qadamlarim ostida bo‘ladigan ayolman.
Men Alloh taolo merosdagi hissangning yarmini menga bergan ayolman. Tahqirlash uchun emas balki, barcha ishlarimni sen boshqarishing uchun.
Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men haqimda ummatlariga qarata: “Ayollarga yaxshilik qilishingizni vasiyat qilaman!” – degan ayolman.
Men Robbim unga: “Ye, ich va ko‘zing quvonsin...”( Maryam-26) - degan ayolman.
Men zeb-ziynatlar ichida parvarishlanadigan ayolman.
Men soliha bo‘lsam mingta betavfiq erkakdan afzal bo‘ladigan ayolman.
Agar sen ko‘ngilxushlik izlayotgan bo‘lsang, o‘sha o‘yin-kulgu, ermak sahifalariga ketaver. Men va men kabilar ijtimoiy tarmoqlarga Alloh taoloning kalimasini oliy qilish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fazilatlarini yoyish va yana nafsini shaytonga topshirib qo‘yganlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llash uchun kirdik!
Endi sendan so‘rasak, sen kimsan?”
— "Men Allohga tavba qiluvchiman! Seni dunyoga keltirib, go‘zal tarbiya bergan ota-onangga Alloh taoloning cheksiz mukofotlari bo‘lsin!" - deb javob berdi yigit.
Arab tilidan Ikrom Sharif tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing