
General-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich Ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIVning telegramdagi rasmiy kanalida xabar berildi.
Tayinlovga qadar B.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Adilov Baxrambek Kaxramanovich Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Polkovnik Batirov Xasan Arzudinovich Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar X.Batirov O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Xudoynazarov Shokirjon Abdumalikovich Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Xudoynazarov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari-shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar