16:34 / 09.01.2020
2 605

50 million so‘mlik “Tropikamid”ning noqonuniy savdosi “pishmay” qoldi

50 million so‘mlik “Tropikamid”ning noqonuniy savdosi “pishmay” qoldi
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Tropikamid” dori vositasining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro N.J. tomonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 500 dona “Tropikamid” dori vositalarini yashirincha sotayotgan vaqtida tezkor guruh xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 50 million so‘mlik “Tropikamid”ning noqonuniy savdosi “pishmay” qoldi