date
views 4 472

Gitlerga tik qaragan yigit...

Gitlerga tik qaragan yigit...
Bu - 1936 yil Olmoniyasidan arxivlarda qolgan surat. Adolf Gitlerning o‘zi naq ro‘paradagi minbarda turganida uni oshkora sharaflamayotgan, unga qarshi ekanini ochiq ko‘rsatishdan qo‘rqmayotgan jasoratli yigitning ism-sharifi Avgust Landmesser. O‘shanda u 26 yoshda ekan.
* * *
- Hoy, sen tentakmisan?! Nima qilyapsan o‘zi? – dedilar unga atrofidagilar hayrat va qo‘rquv bilan qarab.
- Gitler va uning tuzumiga qarshi ekanimni, uni hech vaqt ma’qullamasligimni ko‘rsatyapman, - dedi yigit qo‘llarini bemalol qovushtirib.
* * *
Bu suratdagi yigit va uning isyoni farq etilguniga qadar oradan ikki yil o‘tdi. 1938 yilda uni tutib, «irqni kirlatdi» degan ayblov bilan hisbga oldilar.

Rafiqasini ham. Rafiqasi 1942 yilda mehnat lagerida vafot etdi. Avgust Landmesser esa shu ko‘yi bedarak ketdi.
Ularning ikki nafar qizchalari bor edi, ularni gitlerchilar zulmidan Xudo asradi.

2012 yilda tarixda ilk bor bir olmon gazetasi shu suratni va Avgust Landmesser haqida yozilgan «Zulmga oshkora yo‘q demoq jasorati» nomli maqolani e’lon qildi.

Unda shunday jumlalar bor ekan:
«Avgust Landmesser bu jasoratining badalini o‘zining va rafiqasining hayoti bilan o‘tadi, lekin eng chirkin bir davrda o‘z nomini, oilasi nomini pok saqlab qola oldi... Millat uning xotirasini hurmat bilan yod etadi. Jasurlarning nomi o‘chmaydi, qo‘rqoqlar esa yo‘q bo‘luvchidir!»

Dilfuza Komil

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gitlerga tik qaragan yigit...