
Foto: «STV»
Samarqand viloyatida to‘ylar, oilaviy marosimlar, yubiley tantanalari haqidagi tartibni buzganlarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi boshlandi. Bu haqda «STV» xabar bergan.
Xabarga ko‘ra Samarqand viloyatida 4—5 yanvarda bir nechta to‘y bo‘lib o‘tgan va ularda ishtirok etgan mehmonlar soni 200 nafardan oshib ketgan. Jumladan, Samarqand tumanidagi «Hoja Ahror Vali» mahallasidagi to‘yda 370 nafar mehmon qatnashgan. «Shirinobod» mahallasida ham bu kabi salbiy holat qayd etilgan.
Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda to‘ylar bo‘yicha tartib-qoidalarni buzgan fuqarolarga nisbatan qonuniy jazo choralari qo‘llanilishi qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar